• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Kanadalik ayol Tesla avtomobilini olib qochgan o‘g‘rini GPS orqali politsiyachilar bilan birga kuzatdi

    Kanadaning Vankuver shahrida istiqomat qiluvchi Katya Pinkovski, politsiya xodimlari o‘g‘rining qayerda ekanligini avtomobilga o‘rnatilgan GPS orqali aniqlaganlaridan so‘ng, o‘g‘irlangan Tesla’sini muvaffaqiyatli tarzda qaytarib oldi. Bu haqda, Mashable’ga asoslanib, TJ xabar bermoqda.

    Foto: TJ

    Foto: TJ

    Pinkovki oqshomgi konsertdan so‘ng mashina yo‘qolganini bilib qoldi: 29-oktabr, payshanba kuni u dugonasi bilan yerosti avtoturargohga qaytarkan, uning Tesla Model S 85 D’si (bunday Tesla’lar Vankuverda taxminan 130 ming dollardan sotiladi) joyida yo‘q ekanligini ko‘rdi. Evakuatsiya xizmati bu kecha hech qanday Tesla olib ketilmaganini ayolga ma’lum qildi.

    Shundan so‘ng u eriga qo‘ng‘iroq qildi, u esa smartfonidagi Tesla Model S mobil dasturi yordamida Vankuver yaqinidagi Richmond bo‘ylab soatiga 70 kilometr tezlik bilan harakatlanayotganini ko‘rdi. Pinkovskining fikricha, o‘g‘ri mashinani oilaviy juftlik tasodifan avtomobil ichida qolgan zaxira elektron kalit yordamida olib qochgan (kalitning jevagi avtomobil yaqinida bo‘lsa, eshiklarni avtomatik ravishda ochib beradi).

    Ayol 911 ga qo‘ng‘iroq qilib, avtomobilni kuzatish uchun politsiyachilarga GPS tizimiga kirish imkonini yaratib berdi. “Ishonch bilan aytishim mumkinki, dispetcher juda hayajonlanib ketdi. Ular shu vaqtgacha hali hech qachon o‘g‘irlangan mashinani rostmana kuzatib borish imkoniga ega bo‘lmagandi”. Keyinroq politsiya vakillari bu holat mashinaning qayerda turganini onlayn vaqt rejimida ko‘rsatib turuvchi ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba bo‘lgani, shuningdek, Kanadada ilk bor Tesla avtomobili o‘g‘irlanganini tan oldi.

    Pinkovski bevosita Tesla’ga qo‘ng‘iroq qilib, avtomobilning dvigatelini masofadan turib o‘chirib qo‘yishni so‘rash haqida ham o‘ylagan. Bundan tashqari, u mobil dasturdan foydalanib, avtomobil lyukini ochib, gudokni ham bosishi mumkin edi. Oxir-oqibat ayol politsiyachilarga xalal bermaslikka qaror qildi, politsiya esa 30-oktabrga o‘tar kechasi tungi soat 1:00da qonunbuzarga yetib olib, uni qo‘lga oldi. 24 yoshli o‘g‘riga nisbatan qiymati 5 ming dollardan ortiq bo‘lgan mulkni o‘g‘irlash ayblovi ilgari surildi, sud noyabrda bo‘lib o‘tadi.

    Marketwatch ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yil oktabr oyi holatiga ko‘ra, AQShda to‘rt marta Tesla avtomobillari o‘g‘irlangan: bittasi 2011-yilda, uchtasi 2013-yilda. So‘nggi holatda bu AQShda sotilgan barcha Tesla mashinalarining 0,00015 foizini tashkil etgan. Taqqoslash uchun, boshqa markadagi mashinalarning o‘g‘irlanish ko‘rsatkichi 0,00384 foizga teng, ya’ni, Tesla’ning ko‘rsatkichlaridan 20 marotaba ko‘p.

    TJ’ning Moscow Tesla Club’ning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Igor Antarovga asoslanib ma’lum qilishicha, hozircha Rossiyada Tesla’ning o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq birorta ham holat ma’lum emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tesla’ni “o‘g‘irlash amalda befoyda harakat”.

    “Birinchidan, uni mobil dastur orqali oson kuzatib borish mumkin. Ikkinchidan, Tesla Motors’ga qo‘ng‘iroq qilib, avtomobilni blok qilib qo‘yishni so‘rash mumkin. Uchinchidan, mazkur avtomobil ehtiyot qismlarining ikkilamchi bozori yo‘q. Oxir-oqibat, o‘g‘irlangan Tesla’ni qayta sotishning amalda imkoni yo‘q. Uni tarmoqdan uzib qo‘yish yo‘li topilganida ham, proshivkasini yangilab bo‘lmaydi, navigatsiya, internet-radio ishlamaydi. Bunday Tesla’ning kimga keragi bor?”, — Igor Antarov.

    04.11.2015, 17:53   Izoh (0)   6455
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gmail maktublarga mustaqil javob beradigan Smart Reply xizmatiga ega bo‘ldi

    04.11.2015, 14:21

    Snouden yashirincha tinglanishdan himoyalangan sevimli messenjerini oshkor qildi

    03.11.2015, 21:43

    Janubiy Koreyada bitta filmni 1 soniyada yuklab olish imkonini beruvchi 5G tarmog‘i ishga tushiriladi

    03.11.2015, 13:09

    Apple’ni shifrlashdan voz kechishga majbur qilishmoqchi

    03.11.2015, 12:22

    Samsung Galaxy’ni sotib olib, Cobalt egasiga aylaning!

    03.11.2015, 11:41

    Yaponiyalik olimlar dunyodagi eng ingichka sun’iy qon tomiri yaratdi

    03.11.2015, 11:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nega Kerem Byursin va Hande Erchel endi hech qachon birga suratga tushmaydi va bunga kim aybdor?

    Kino | 14 avgust, 19:55

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Yevropaning beshta mamlakati o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi

    Dunyo | 14 avgust, 19:45

    Rossiyada shifokorlar boshiga 12 santimetrli mix kirgan bemorni hayotini saqlab qolishdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:35

    Yakka tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:25

    “Afrosiyob” poyezdi relsiga beton tashlab, qo‘poruvchilik qilgan temiryo‘lchilar uzoq muddatga qamaldi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:12

    Ukraina dronlar bilan Rossiyaning Rostov va Belgorod shaharlariga zarbalar berdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:10

    Navoiyda ko‘chalarda drift qilgan “yo‘l polvoni” qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:00

    Anjelina Joli josus rolida: “Janob Smit va Smit xonim” rejissyori yangi film suratga oladi

    Kino | 14 avgust, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.