Indoneziya, Singapur va Malayziyaga yo‘l olayotgan O‘zbekiston fuqarolari Indoneziyaning Sumatra va Kalimantan orollaridagi o‘rmon yong‘inlari sabab mintaqada yuzaga kelgan noqulay ekologik vaziyatni e’tiborga olishlari tavsiya etiladi. Bu haqda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 27-oktabr holatiga ko‘ra, Indoneziya, Singapur va Malayziyaning bir qator shaharlarida havoning yong‘indan keyin qolgan mahsulotlar bilan ifloslanish ko‘rsatkichi PSI (Pollutant Standards Index) shkalasi bo‘yicha 150 dan 800 punktgacha yetgan, vaholanki, bunday ifloslanish 100 balldan boshlab inson salomatligiga zarar yetkazadi.
Mahalliy meteoxizmatlarning prognozlariga ko‘ra, kuchli tutun holati uzoq muddat davomida saqlanib qolishi mumkin.
Izoh (0)