Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Misrda halokatga uchragan Airbus-321 reysining tashkilotchisi bo‘lgan Brisco sayyohlik firmasi ofislarida tintuv o‘tkazmoqda. Bu haqda qo‘mitaning rasmiy vakili Vladimir Markin ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.
“Ayni paytda A321 qulashi sababli qo‘zg‘atilgan “Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish” jinoiy ishi doirasida Brisco turoperatori ofislarida tintuv o‘tkazilmoqda”, — deya ta’kidlagan Markin.
Oldinroq Tergov qo‘mitasi Moskvadagi Domodedovo aeroporti va “Kogalimavia” kompaniyasida ham tintuvlar o‘tkazayotgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Misrda qulagan Rossiya samolyoti ekipaji bir necha bor dvigatel bilan bog‘liq muammolar yuzasidan shikoyat qilgan.
Izoh (0)