To‘rtta transport va bitta yo‘lovchi samolyoti Rossiyaning “Kogalimavia” aviakompaniyasiga tegishli A321 avialayneri halokatga uchragan Misrga uchib ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi “Vedomosti” “Rosaviatsiya”ga tayanib.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning “Kogalimavia” aviakompaniyasiga tegishli samolyot 31-oktabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 8:51 da Sharm-ash-Shayxdan Sankt-Peterburg tomon havoga ko‘tarilgan va oradan 23 daqiqa o‘tib radarlardan yo‘qolgan. Qulashdan avval samolyot parvoz balandligini keskin pasaytirgani aytilmoqda. Halokatdan hech kim omon qolmadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qohira bilan kelishgan holda Misrdagi halokat joyida ishlash uchun favqulodda vaziyatlar vazirligi samolyotlarini yuborish haqida farmon bergan edi.
Izoh (0)