Misr Bosh prokuraturasi “Kogalimavia” aviakompaniyasining Sinay yarim orolida qulagan A321 samolyoti halokatining sabablarini tekshirishda Rossiya hukumat komissiyasi qatnashishiga rasman rozilik bildirdi, deb yozadi “TASS”.
Mamlakat nazorat organi, shuningdek, samolyotning barcha bo‘laklari va uning bort o‘ziyozarlarini musodara qilish haqida buyruq berdi.
Bundan tashqari, laynerni parvoz oldidan tayyorlashga va unga Misr havo hududida yo‘nalish berishga javobgar bo‘lgan dispetcherlar va yer usti brigadalari so‘roqqa chaqirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning “Kogalimavia” aviakompaniyasiga tegishli samolyot 31 oktabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 8:51 da Sharm-ash-Shayxdan Sankt-Peterburg tomon havoga ko‘tarilgan va oradan 23 daqiqa o‘tib radarlardan yo‘qolgan. Qulashdan avval samolyot parvoz balandligini keskin pasaytirgani aytilmoqda.
Izoh (0)