Misrda halokatga uchragan A321 samolyoti parvozoldi texnik xizmatning barcha shakllaridan “o‘z vaqtida va to‘liq hajmda” o‘tgan. Bu haqda laynerga egalik qilgan “Kogalimavia” aviakompaniyasi xabarida aytiladi, deb yozadi “TASS”.
Xabarga ko‘ra, havo kemasi qo‘mondoni Nemov Valeriy Yuryevich tajribali uchuvchi bo‘lgan, u umumiy hisobda 12 ming soat parvoz qilgan, shundan 3860 soati Airbus A321 samolyoti hissasiga to‘g‘ri keladi.
1997-yilda chiqarilgan Airbus 321-231 samolyotiga, zavod reglamentiga muvofiq, 2014-yilda zavod texnik xizmati ko‘rsatilgan. U parvozoldi texnik xizmatning barcha shakllaridan o‘z vaqtida va to‘liq hajmda o‘tgan.
Izoh (0)