Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis Buxarestdagi tungi klubda sodir bo‘lgan hodisa tufayli chuqur qayg‘uda ekanligini bildirdi, deb yozadi “Kommersant”. U yerda yong‘in va portlash natijasida so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 26 kishi halok bo‘ldi va 145 kishi jarohat oldi.
“Bugun (30-oktabr) kechqurun poytaxt markazida ro‘y bergan fojiadan chuqur qayg‘udaman. Bu millatimiz uchun juda ayanchli fursat”, — deb yozdi prezident Facebook’dagi sahifasida.
Tungi klubdagi yong‘inga feyerverk sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, sahnaga taniqli musiqiy guruh chiqqanida feyerverk otilgan, natijada yog‘ochdan yasalgan shift yonib ketgan. Olomon ochiq turgan bitta chiqish eshigiga qarab yurgani tufayli ur-yiqit yuzaga kelgan. Klubdagi konsertga jami 400 kishi kelgan.
Izoh (0)