Rossiya armiyasining sobiq podpolkovnigi Gruziya foydasiga josuslik qilishda aybdor deb topildi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Stavropol o‘lkasi sudi 49 yoshli Teymuraz Aliyevni 18 yilga qat’iy rejimdagi koloniyaga hukm qildi. Sudlanuvchi Stavropol harbiy qismida shartnoma bo‘yicha xizmat qilgan. Uni 2,5 yil avval qo‘lga olishgan. Aliyev harbiy unvonidan mahrum etilgani uchun, ushbu ishni fuqarolik sudi ko‘rib chiqqan.
Nashr eslatishicha, to‘rt yil avval Teymurazning Rossiya armiyasi harbiy xizmatchisi bo‘lgan ukasi David Aliyev hamda onasi Irina Aliyeva ham Gruziya foydasiga josuslikda ayblanib, 10 va 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Izoh (0)