31-oktabrga o‘tar kechasi Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi Novo-Lenino mitti tumanida granata portlashi natijasida biri halok bo‘lgan, ikkinchisi jarohatlangan ikki kishining shaxsi aniqlandi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Ular 19 va 20 yoshli Irkutsk fuqarolari bo‘lib chiqdi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, portlovchi qurilma halok bo‘lgan yigitning qo‘lida bo‘lgan. U tasodifan harakatga keltirilgan bo‘lishi mumkin.
Nashr eslatishicha, portlash haqidagi xabar navbatchi qismga mahalliy vaqt bilan 31-oktabr 4:00 da (Toshkent vaqti bilan 01:00 da) kelib tushdi. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya qahvaxona yaqinida granata portlatilganini aniqladi.
Izoh (0)