Yaponiya Hindistonga yapon kompaniyalari Mumbay va Ahmadobod shaharlari o‘rtasida mamlakatdagi ilk tezkor temiryo‘l qurishi uchun 15 milliard dollar kredit taklif etdi. Bu haqda Indian Railways boshqaruvchi direktori A. Mittal ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Kredit 1 foizli imtiyozli stavka bilan taklif qilinmoqda. Agar hind tomoni uni qabul qilsa, asbob-uskunalar va harakatlanuvchi tarkib, jumladan, vagon hamda lokomotivlarning kamida 30 foizi Yaponiyada ishlab chiqarilgan bo‘lishi lozim.
Temiryo‘lni kim qurishi yaqin orada o‘tkaziladigan tenderda e’lon qilinishi kutilmoqda. Mumbay va Ahmadobod o‘rtasidagi tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilsa, ikki shahar oralig‘idagi masofani bosib o‘tish vaqti hozirgi yetti soatdan ikki soatgacha qisqaradi.
Izoh (0)