Superog‘ir (90,7 kilogrammdan og‘ir) vazn toifasida ringga chiquvchi Ahror Muralimov 24-oktabr, shanba kuni AQShning Feniks shahrida amerikalik Jarrel Millerga qarshi bo‘lib o‘tgan jangda mag‘lub bo‘ldi. “12news.uz”ning yozishicha, bu Muralimovning professional boks faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatdir.
O‘zbekistonlik bokschi jangning uchinchi raundida Millerning o‘ng qo‘lda yo‘llagan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbasini o‘tkazib yuborib, nokautga tushib qoldi va jangni davom ettira olmadi.
Muralimov bungacha 2015-yil fevralida amerikalik boshqa bir bokschi — Derrik Rossiga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchragan edi.
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan 26 yoshli bokschi 2014-yilning iyulida Pensilvaniya shtatining Vashington shahrida AQSh chempioni Jeyson Bergman ustidan g‘alaba qozonib, NABA USA kamari egasiga aylangan edi.
Izoh (0)