Bangladesh poytaxti Dakkadagi shialar masjidida 24-oktabr, shanba kuni tongda ro‘y bergan portlash oqibatida 100 dan ziyod kishi yaralandi, 12 yashar bola halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy politsiya bayonotiga asoslanib, “RIA Novosti”xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, minglab dindorlar masjidga Ashuro kunini nishonlash uchun to‘planganda noma’lum kimsalar qo‘lbola bombalar uloqtirgan.
Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hozircha terrorchi guruhlardan hech biri portlash uchun mas’uliyatni zimmasiga olmagan.
Izoh (0)