Moskva viloyatidagi Krasnogorsk shahrida to‘rt kishini o‘ldirganlikda ayblanuvchi Amiran Georgadze Timoshkino qishlog‘ida o‘lik holda topildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” ichki ishlar vazirligi rasmiy vakiliga tayanib.
“Timoshkino fuqarosi o‘z uyiga qaytganida deraza oynasi singanini, ichkarida esa jasad yotganini ko‘rgan. Uning yonida Makarov, TT to‘pponchalari va “Sayga” karabini bo‘lgan. Shundan so‘ng u politsiya chaqirgan”, — dedi IIV vakili.
Ekspertlar gumonlanuvchi qidiruvlarning birinchi kunida o‘z joniga qasd qilganini taxmin etmoqda.
19-oktabr kuni Moskva viloyati Krasnogorsk tumani ma’muriyati binosida tuman ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Yuriy Karaulov va “Krasnogorsk elektr tarmoqlari” korxonasi boshlig‘i Georgiy Kotlyarenko o‘ldirib ketildi. Bundan tashqari, qotillikda gumon qilinayotgan Amiran Georgadze tasodifiy guvohni va biznes bo‘yicha o‘z hamkorini ham otib tashlagan.
Izoh (0)