Rossiya prezidenti Vladimir Putin Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Iordaniya qiroli Abdulla II bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
21-oktabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Putin Misr va Iordaniya rahbarlarini Suriya prezidenti Bashar Asadning Moskvaga tashrifi yakunlari to‘g‘risida xabardor qildi. Kreml matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Suriyadagi vaziyat va xalqaro terrorizmga qarshi hamkorlikdagi kurash muloqotlarning asosiy mavzusi bo‘ldi”.
Oldinroq Putin Saudiya Arabiston qiroli va Turkiya prezidenti bilan Bashar Asadning tashrifi yuzasidan fikr almashgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)