Suriya kurdlari mamlakat hududida yangi provinsiya tuzilganini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “TASS” Al Arabiya telekanaliga tayanib.
Uning xabariga ko‘ra, “Suriya kurdlari Suriya shimolida yangi provinsiya yaratilganini tantanali ravishda e’lon qilgan”.
Ushbu deklaratsiya haqida hech qanday tafsilot berilganicha yo‘q.
Shu bilan birga, Reuters agentligi tarqatgan axborotga ko‘ra, yangi ma’muriy-hududiy tuzilma tarkibiga kurdlarning o‘z-o‘zini mudofaa qilish otryadlari tomonidan egallangan Tel-Abyad shahri kiradi, u Turkiya bilan chegarada joylashgan.
Izoh (0)