Sochidagi (Rossiya) hayvonot bog‘ida uchta yo‘lbars bolasi tug‘ildi, biroq ularni ota-onasi o‘rniga it o‘zining kuchuklari bilan birga boqyapti. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hayvonot bog‘ida yashovchi yo‘lbarslar juftligi 18-oktabr, yakshanba kuni bolali bo‘lgan, biroq urg‘ochi yo‘lbars ularni oziqlantirishdan qayta-qayta bosh tortgach, xodimlar ularga boquvchi qidirishga tushdi.
“Dagomisdagi pitomnikdan yaqinda bolalagan Izi laqabli itni topdik. Endi u o‘zining to‘rtta kuchugiga qo‘shib, uchta yo‘lbarsvachchani ham boqyapti”, — deya ma’lum qilgan bog‘ vakillari.
Izoh (0)