Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud bilan suhbatlashdi va u bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Peskov so‘zlariga ko‘ra, Putin, shuningdek, monarxni Suriya prezidenti Bashar Asadning Rossiyaga tashrifi natijalari haqida xabardor qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bashar Asad Moskvaga tashrif buyurgan, Putin u bilan Suriyada Rossiya harbiy-kosmik kuchlari operatsiyasining davom ettirilishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan edi.
Izoh (0)