DA fuqarolar platformasi Moldaviya prezidentligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlar haqida referendum o‘tkazish uchun imzo yig‘ishni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda DA yetakchilaridan biriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Uning aytishicha, DA (Demnitate si adevar — “Obro‘ va haqiqat”) platformasi Buyuk milliy majlisi Kengashi 1-noyabr kuni chodirli shaharchada ushbu referendumga tashabbuskorlik qiluvchi guruhni shakllantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi haqida qaror qilgan.
Moldaviya konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident hozirda parlament tomonidan saylanadi. Amaldagi davlat rahbari Nikolay Timoftining prezidentlik muddati kelasi yil martda tugaydi.
Kishinyovda bir oydan buyon muxolifat norozilik aksiyalarini o‘tkazmoqda, ular so‘l markazchilar va o‘ng markazchilar uchun ikkita chodirli shaharchalar qurdi. Namoyishchilar bosh vazir, prezident va boshqa qator davlat arboblarining iste’fosini, muddatidan oldingi saylovlar o‘tkazilishini, yetakchi siyosatchilar tomonidan amalga oshirilgan ehtimoliy korrupsiyalar bo‘yicha jinoiy tekshiruv boshlashni talab qilmoqda.
Izoh (0)