KXDRda kashandalarga zararli odatni tashlashda ko‘maklashadigan tabletka ko‘rinishidagi yangi vosita ishlab chiqildi, deya xabar bermoqda “TASS” mahalliy OAVlarga tayanib.
Shimoliy koreyalik shifokorlar fikricha, tabiiy dorivor o‘simliklardan tayyorlangan ushbu vosita immunitetni oshiradi va odam organizmiga zararli ikkilamchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Dori qon aylanish tizimi va nafas olish organlarida chekish natijasida kelib chiqqan kasalliklarni asta-sekinlik bilan bartaraf qilish imkonini beradi. Davolanish kursi 7—10 kunni tashkil etadi.
KXDRda chekishdan, shuningdek, igna bilan davolash yordamida qutulish mumkin.
Izoh (0)