Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li Anqara nafaqat mamlakat havo chegaralarini buzayotgan dronlar, balki samolyotlarni ham urib tushirishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Dronni urib tushirdik. Agar bu samolyot bo‘lganida ham shunday qilgan bo‘lardik, — deya ta’kidlagan bosh vazir.— Biz amal qiladigan qoidalar ma’lum — chegarani buzuvchilarga munosib javob qaytariladi”.
“Gazeta.ru” manbalariga ko‘ra, Turkiya—Suriya chegarasida urib tushirilgan uchuvchisiz havo qurilmasi Rossiyada ishlab chiqarilgan.
Izoh (0)