Rossiya samolyotlari Suriyaning Latakiya shahridagi aviabazadan bir kunda 36 ta jangovar parvozni amalga oshirib, 49 marta aviazarba berdi, deya xabar qiladi “Gazeta.ru” Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib.
Rossiya aviatsiyasi Salma shahri yaqinidagi jangarilar bazasini yo‘q qildi. Ushbu bazada “xorijiy instruktorlar” IShID terrorchilarini qo‘poruvchilik urushlarini olib borishga tayyorlagani aytilmoqda.
Shuningdek, u yerda qurol-yarog‘ yasalgan hamda “qochoqlar va tinch aholi o‘rtasida legallashtirish” ishlari olib borilgan.
Izoh (0)