Suriyada inqiroz tufayli to‘rt milliondan ziyod kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Bu haqda BMT bosh kotibi Pan Gi Mun jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Qochoqlar oqimidan eng ko‘p Iordaniya, Turkiya, Livan va Iroq aziyat chekmoqda. “Endi Livan aholisining 25 foizini suriyalik qochoqlar tashkil qiladi. 2 milliondan ortiq qochoqlar Turkiyada, 1,5 millioni Iordaniyada, 300 mingi Iroqda va yana bir qanchasi Shimoliy Afrika va Misrda”, — dedi bosh kotib.
Suriyaning o‘zida 8 million kishi shoshilinch gumanitar yordamga muhtoj.
Pan Gi Mun hozirgi paytdagi migratsiya inqirozi Ikkinchi jahon urushi davridan buyon eng yirigi ekanligi, bu esa jahon hamjamiyati uchun kurashga jiddiy da’vat ekanligini ta’kidladi. Butun dunyo bo‘yicha 60 million kishini qochoq deb hisoblash mumkin.
Izoh (0)