17-oktabr, shanba kuni tongda Rossiyaning Tomsk shahridagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Fojia joyida 3 va 1,5 yoshli ikki nafar o‘g‘il bola va to‘rt oyli qizaloq, jami uch nafar bolaning jasadi topilgan. Tergovchilar bolalar xonasini ko‘zdan kechirish chog‘ida bu yerda yoqilgan holatdagi isitgich bo‘lganligini aniqlangan.
Yong‘inga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lgan paytda bolalar uyda yolg‘iz qolgani aytilmoqda.
Mazkur hodisa yuzasidan “Ehtiyotsizlik oqibatida ikki va undan ziyod shaxs o‘limiga sabab bo‘lish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
Izoh (0)