Rossiyaning “Proton-M” raketa-tashuvchisi Turksat-4B sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
16-oktabr kuni Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan parvoz qilgan raketa qurilmani 36 ming kilometr balandlikdagi orbitaga olib chiqdi. U Turkiyaning Turksat Satellite Communication, Cable TV and Operation aloqa operatoriga tegishli Mitsubishi Electric kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ikkinchi sun’iy yo‘ldosh hisoblanadi.
Izoh (0)