77 kishining umriga zomin bo‘lgani uchun 21 yilga ozodlikdan mahrum etilgan norvegiyalik terrorchi Anders Breyvik mahbuslik sharoitlari ustidan sudga shikoyat qiladi. Uning advokati Oysteyn Storvik buni “yolg‘iz holatda mahbuslikda saqlash inson huquqlarining buzilishi” ekanligi bilan izohlamoqda, deya xabar beradi “Yevropeyskaya pravda”.
Oslo okrug sudi Breyvik ishini kelgusi yil mart oyida ko‘rib chiqishi kutilmoqda. Advokat Anders eshituvlar chog‘ida qatnashishiga erishish niyatida.“Uning qamoqxonadagi sharoitlarini inson huquqlarining buzilishi, deb hisoblaymiz. U to‘rt yildan beri yakka holda hibsda saqlanmoqda”, deya ta’kidlagan Storvik.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Anders Breyvik ikki xonalidan bir xonali kameraga ko‘chirilgani va sutkaning 23 soati davomida kameradan tashqariga chiqishi taqiqlangani tufayli “o‘lguniga qadar davom etadigan” ochlik e’lon qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)