Finlyandiyaning Sastamala shahrida osmondan tushgan ikki kilogrammli leshch balig‘i xonadon tomini teshib yubordi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mutaxassislar fikricha, baliqni o‘ljani tutib turolmagan baliqxo‘r yirtqich qush tushirib yuborgan bo‘lishi mumkin. Odatda ularning o‘ljasi bir kilogrammdan oshmaydi.
Izoh (0)