Aktyor Yevgeniy Leonovning Moskvada o‘g‘irlangan haykali bo‘laklarga bo‘linib, rangli metall qabul qilish bo‘linmasiga topshirilgan. Bu haqda Moskva IIV Bosh boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Andrey Galiakberov bergan ma’lumotlarga asoslanib, “TASS” xabar beradi.
Oldinroq Mosfilm ko‘chasidagi haykal kompozitsiyasini o‘g‘irlashda gumon qilingan besh nafar kishi qo‘lga olingani xabar qilingan edi.
“Bronza haykalining barcha bo‘laklari daliliy ashyo sifatida musodara qilingan. Ayni vaqtda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha zarur bo‘lgan tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deya ma’lum qildi Galiakberov.
Izoh (0)