Moskvaning Mosfilm ko‘chasidan rossiyalik taniqli kinoaktyor Yevgeniy Leonovning “Omadli jentlmenlar” filmidagi “Dotsent” obrazi ko‘rinishidagi haykali o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Moskva shahar politsiyasidan ma’lum qilishlaricha, mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining “O‘g‘rilik” moddasi bo‘yicha ish ochilgan, tezkor-qidiruv ishlari boshlangan.
Hozirgi vaqtda politsiya xodimlari yaqin oradagi uylarda istiqomat qiluvchi aholi va tashkilotlarning xodimlaridan ko‘rsatmalar to‘plamoqda va boshqa zarur tezkor-qidiruv tadbirlarini olib bormoqda.
Politsiya malumotlariga ko‘ra, haykalning qiymati taxminan 160 ming rublga teng edi.
Izoh (0)