Madridning “Real” futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Manipulyator” filmida suratga tushmaydi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, amerikalik rejissor Martin Skorseze tomonidan italiyalik milliarder Alessandro Proto haqida suratga olinayotgan filmda Protoning o‘zi Ronalduning rolini professional aktyor ijro etishini istamoqda.
Ayni vaqtda, filmda suratga tushish bo‘yicha Krishtianu bilan imzolangan shartnoma bekor qilayotgani uchun Proto endi 10 million yevro miqdorida tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi yaqinda Nyu-Yorkda sotib olgan hashamatli xonadonlari qachonlardir Protoga tegishli bo‘lgani sababli, milliarderga filmda suratga tushish taklifi bilan chiqqandi.
Izoh (0)