Rossiyaning “Golos” teleloyihasi ishtirokchisi Nargiz Zokirova bor diqqatini hozirda nevarasi Noyga bag‘ishlayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “7dney.ru”.
Bolakay gapira boshladi va birinchi aytgan so‘zi ruscha “day” (“ber”) bo‘ldi. Ingliz tilida shunday talaffuz qilinadigan so‘z “o‘l” degan ma’noni anglatishini nazarda tutib, bolaning amerikalik bobosi va buvasi bundan hayratga tushganini tushunish mumkin. Bu so‘zning rus tilidagi ma’nosini bildirishgachgina, ular tinchlangan.
Nargiz Zokirova o‘zi chaqaloqligida aytgan birinchi so‘z ham xuddi shu so‘z bo‘lganini esga oldi va nevarasining o‘ziga o‘xshaganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Nargiz Zokirova 2014-yil 13-sentabr kuni o‘g‘il nevarali bo‘lgan edi.
Izoh (0)