Avstriyalik bastakor Volfgang Amadey Motsartning maktubi Bostonning RR Auction auksion uyida bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida 217 ming dollarga sotildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Associated Press agentligi ma’lumotlariga qaraganda, Motsartning bir varaqdan iborat maktubi 1786-yilda avstriyalik botanik va bastakorning yaqin do‘sti Nikolaus Jakenga yuborilgan edi.
Unda Motsart Jakendan uchta partiturani unga qaytarishni so‘ragan.
Kimoshdi savdosi xaridorning shaxsini oshkor qilmadi.
Izoh (0)