Bugun, 15-oktabr kuni o‘n birinchi xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda bu yilgi mavsumda terilgan paxtaning 98 foizi oliy va birinchi navga tegishli ekanligi aytildi. Bunday yuqori ko‘rsatkichlarga ob-havo sharoitlarining yaxshi bo‘lganligi va yog‘ingarchiliklar kuzatilmagani tufayli erishilganligi ta’kidlandi. O‘tgan mavsumda yomg‘irning yetti marta yog‘ishi paxta sifatiga ham ta’sir ko‘rsatgan edi.
O‘n birinchi xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasi 16-oktabrgacha davom etadi.
Izoh (0)