Sinoptiklar O‘zbekistonda hafta oxiriga kelib havoning sezilarli darajada sovishi kutilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Uz24” xabar bermoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining (“O‘zgidromet”) xabar berishicha, 15—17-oktabr kunlari havo harorati kechqurun 8—13, kunduzi esa 18—23 daraja iliq bo‘ladi. 18-oktabr kuni kechqurun 2—7, kunduzi esa 12—17 darajada iliq bo‘lishi kutilmoqda. Hafta davomida qisqa muddatli yomg‘irlar kuzatiladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 18-oktabr kuni kechqurun 2 daraja sovuq va 3 daraja iliq, kunduzi esa 7—12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)