2014-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston eksport qilgan to‘qimachilik mahsulotlari qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘ldi.
Bu haqda bugun, 15-oktabr kuni ochilgan o‘n birinchi xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasida aytib o‘tildi.
Taqqoslash uchun, 1994-yilda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati 8 million dollarlik mahsulotni eksport qilgan edi.
Hozirgi kunga kelib paxta tolasining 35 foizidan ortig‘i O‘zbekistonda qayta ishlab chiqarilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 16-oktabrgacha davom etadigan o‘n birinchi xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasining ochilish marosimida joriy yilgi mavsumda O‘zbekistonda terilgan paxtaning 98 foizi oliy va birinchi navga tegishli ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Izoh (0)