Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh RFga Suriya hududidagi terrorchilar obyektlari haqida ham, aviazarbalar berish mumkin bo‘lmagan obyektlar haqida ham ma’lumot taqdim etmayotganini aytdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Biz AQShga murojaat qilib: siz yuz foiz terrorchilarniki deb hisoblaydigan nishonlarni bizga bering, dedik. Yo‘q, biz bunga tayyor emasmiz, deb javob berdi. Shunda biz o‘ylab ko‘rib, yana bir savol berdik: unda bizga qayerga zarba bermaslikni ayting. Bunga ham hech qanday javob bo‘lmadi”, — dedi Putin “Rossiya chorlaydi” forumi doirasida savolga javob berar ekan.
Prezident, shuningdek, AQSh “Suriya ozodlik armiyasi”ga yetkazib berayotgan qurol-yarog‘ va kiyim-kechak terrorchilar, shu jumladan, IShID jangarilari qo‘liga tushishi mumkinligini ta’kidladi.
Izoh (0)