12-oktabr, dushanba kuni Singapurdagi zavodlardan birida portlash ro‘y berdi. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va yetti kishi yaralangan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Portlash tufayli kuchli yong‘in kelib chiqqan, uni bartaraf etishga 4 ta o‘t o‘chiruvchilar guruhi jo‘natilgan. Shuningdek, hodisa joyida qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlari ishlamoqda. Kuyish va is gazidan zaharlanganlik alomatlari qayd etilgan barcha jabrlanganlar mahalliy gospitalga keltirilgan va zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zavod neftgaz kompaniyalaridan biriga tegishli. Portlash nima sababdan sodir bo‘lgani hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)