Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat rahbarligiga saylovlarda 83,49 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” Markaziy saylov komissiyasiga tayanib.
Liberal-demokratik partiya yetakchisi Sergey Gaydukevichga saylovchilarning 3,32 foizi, “Haqiqatni gapir” fuqarolik kampaniyasi vakili Tatyana Korotkevichga 4,42 foizi, Belarus vatanparvarlik partiyasi raisi Nikolay Ulaxovichga 1,67 foizi ovoz berdi.
6,40 foiz saylovchilar barchaga qarshi ovoz berdi.
Ovoz berishda saylovchilarning 87,2 foizi qatnashdi.
Saylovlar natijalariga ko‘ra, 61 yoshli Lukashenko Belarus prezidenti lavozimini beshinchi marta egallaydi. U davlat rahbarligiga birinchi marta 1994-yilda saylangan.
Izoh (0)