AQShning birinchi xonimi Mishel Obama mamlakat harbiy-dengiz kuchlariga qarashli yangi suvosti kemasini suvga tushirish marosimida ishtirok etdi. Submarinaga “Illinoys” deb nom berildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Uchinchi urinishdagina shampan butilkasini suvosti kemasi bortiga urib sindirishga muvaffaq bo‘lgan Mishel uning qurilishida ishtirok etganlar va dengizchilarga minnatdorchilik bildirdi. Obamaning aytishicha, yangi submarinani “texnika mo‘jizasi” deyish mumkin.
2,7 milliard dollar turadigan va 2011 yilda qurilishi boshlangan “Illinoys” Virginia turkumiga mansub 13-suvosti kemasi sanaladi. Uning uzunligi 115 metr, 130 nafardan ziyod ekipaj a’zosi bor, torpedalar va “Tomogavk” qanotli raketalari bilan qurollangan.
“Illinoys”dan dushman kemalariga qarshi kurashish, maxsus bo‘linmani manzilga yetkazish va razvedka maqsadida foydalanish mumkin.
Izoh (0)