Turkiyada 86 kishining umriga zomin bo‘lgan teraktdan so‘ng mamlakat bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li uch kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 10-oktabr, shanba kuni tongda Anqara markazidagi vokzal binosi yaqinida 3 soniyalik interval bilan ikkita portlash yuz berdi. Terakt sodir bo‘lgan vaqtda vokzal oldidagi maydonda kurd tuzilmalari va Turkiya hukumatini yarashishga chaqirish maqsadida tashkil etilgan namoyish bo‘layotgan edi.
Portlash xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgani haqida dalillar bor. Hozircha hech qaysi terrorchilik guruhi hodisa bo‘yicha javobgarlikni bo‘yniga olganicha yo‘q.
Izoh (0)