Iroqdagi Kurdistonda tartibsizliklar natijasida uch kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Reuters yozishicha, Kellare shahridagi norozilik namoyishlarda qatnashayotganlarning ikki nafari o‘qotar quroldan yaralanib o‘lgan, yana biri namoyishchilar Kurdiston Demokratik partiyasi ofisini yoqib yuborgach, tiriklayin yonib ketgan.
Mamlakatdagi norozilik aksiyalari uch kundan buyon davom etmoqda. Namoyishchilar mintaqa prezidenti Masud Barzaniyning iste’fosini talab qilmoqda.
Izoh (0)