Belarusda 11-oktabr, yakshanba kuni prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Prezidentlikka to‘rt nafar nomzod da’vogarlik qilmoqda. Ular orasida ayni paytdagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko ham bor. U beshinchi bor mazkur lavozimga nomzodini qo‘ymoqda.
Respublikadagi saylov jarayonlarini 900 nafardan ziyod xalqaro kuzatuvchi kuzatib bormoqda. Saylovlarning dastlabki natijalari 12-oktabr, dushanba kechki payt e’lon qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)