Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning tahdidlaridan xabardor. Bu haqda, “Gazeta.ru” xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Putin Turkiya prezidenti janob Erdo‘g‘onning bunday bayonotlaridan, shubhasiz, xabardor qilingan”, — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
Nizoga Turkiya va NATO havo bo‘shlig‘ining buzilishi munosabati bilan Turkiyaning Rossiya harbiylariga nisbatan bildirgan e’tirozlari sabab bo‘ldi.
Turkiya havo bo‘shlig‘iga buzib kirilishi bilan bog‘liq holat bo‘yicha Rossiya ma’muriyatining avvalgi izohlari Erdo‘g‘onni qoniqtirmagan va u bu izohlarni “ishonchsiz” deb atagan.
Avvalroq Erdo‘g‘on Suriya sabab Turkiya Rossiya gazidan voz kechishi mumkinligi bilan tahdid qilgandi.
Izoh (0)