Belaruslik yozuvchi Svetlana Aleksiyevich adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 2015-yilgi Nobel mukofoti egasiga aylandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Mukofot uning davrimiz qiyinchiliklari haqidagi turfa tovushli asarlari uchun taqdim etiladi”, — deyiladi Nobel mukofoti qo‘mitasi bayonotida. Qayd etilishicha, u joriy yilda mukofot uchun eng asosiy da’vogar bo‘lgan.
67 yoshli Aleksiyevich o‘zining “Urushning ayollik qiyofasi yo‘q”, “Ruhli bolalar”, “Chernobil ibodati” va “Sekond-xend davri” kitoblari bilan tanilgan. Mazkur asarlar sobiq ittifoqning so‘nggi davri va undan keyingi yillar haqidagi badiiy-hujjatli nasr namunalaridir.
Izoh (0)