Argentina prezidenti Kristina Fernandes de Kirshnerning Buenos-Ayresdagi miting vaqtidagi kutilmagan raqsi internet-sensatsiyaga aylandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Davlat rahbari hukmron partiyadan Argentina prezidentligiga nomzod — gubernator Daniel Ssiolini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mitingga kelgan.
Saylovoldi tadbirining yakunida siyosiy mavzuda quvnoq qo‘shiq qo‘yilgan, prezident Kirshner esa o‘z hissiyotlarini yashira olmay, yuzlab odamlar qarshisida o‘zining raqs qobiliyatini namoyish etgan.
Ma’lumot uchun, Daniel Ssioli Argentina prezidentligi uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Argentinadagi prezident saylovlarining birinchi raundi 25-oktabrga belgilangan.
Izoh (0)