Braziliyaning eng badavlat fuqarosi hisoblangan Jorje Paulu Lemann Amerikaning Coca-Cola kompaniyasini sotib olib, uning barcha xodimlarini ishdan bo‘shatishni orzu qilmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hozirgi vaqtda Lemann Burger King, Kraft, Stella Artois va Heinz kompaniyalarini nazorat qilmoqda. Lemann qiymati 178,2 milliard dollarga baholanayotgan Coca-Cola kompaniyasini sotib olishni jiddiy niyat qilgan.
“Biz Coca-Cola’ni sotib olishni istardik. O‘ylashimcha, bu kompaniya 200 kishi ishtirokida ham bemalol ishlay olgan bo‘lardi”, — deya hazil aralash fikr bildirdi braziliyalik milliarder.
Hozirgi vaqtda Coca-Cola’da 100 mingdan ortiq xodim mehnat qilmoqda. Business Insider nashrining qayd etishicha, 76 yoshli milliarder katta kompaniyalarni shov-shuvli tarzda sotib olganidan so‘ng, xodimlarni ommaviy ravishda bo‘shatishdan og‘rinmaydi.
Izoh (0)