Filippin poytaxti — Manila politsiyasi avtobus yo‘lovchilarini garovga olgan noma’lum jinoyatchini otib tashladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya avtobus garovga olingani haqidagi xabar kelib tushishi bilan yarim soat o‘tib hodisa joyiga yetib kelgan.
“Yo‘lovchilar hayotiga ochiq tahdid bo‘layotgani sabab biz chora ko‘rishimiz zarur edi”, — dedi huquqni muhofaza qilish organlari vakili.
Hodisa oqibatida bir kishi jabrlangan, u kasalxonaga yotqizilgan. Nima sababdan avtobusni garovga olgani aniq bo‘lmagan jinoyatchi jarohatlar sabab kasalxonaga yetmay, yo‘lda vafot etgan.
Izoh (0)