Venesuelalik qandolatchilar dunyodagi eng katta shokolad tangani tayyorlab, jahon rekordini yangiladi. Mamlakat poytaxti Karakasda namoyish etilgan mahsulot 870 kilogramm tosh bosdi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.
Qo‘lda yaratilgan “shirin mo‘jiza” ustida 11 soat davomida 120 kishidan iborat jamoa mehnat qildi. Ularning urinishi behuda ketgani yo‘q: mahsulot 2016-yili Ginnes rekordlar kitobidan o‘rin oladi.
Qandolatchilarning tan olishicha, ko‘zlangan maqsad oxirigacha amalga oshmagan, chunki vazni 1 tonna keladigan shokolad tanga tayyorlamoqchi bo‘lishgan ekan. Shunday bo‘lsa-da, venesuelaliklar oldingi rekordni naq 234 kilogrammga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)