Germaniya kansleri Angela Merkel Ukraina va Suriya Rossiya bilan munosabatlardagi ikki alohida mavzu ekanligini aytib o‘tdi. Bu haqda u Deutschlandfunk radiosiga bergan intervyusida ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Vedomosti”.
“Ukraina va Suriya o‘rtasida hech qanday aloqa ko‘rmayapman, – deya ta’kidlagan Merkel. — Ularni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki mamlakatdagi nizolarda muhim rol o‘ynayotganigina birlashtirib turibdi”.
Ukrainadagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida birmuncha siljish kuzatilayotganini qayd etgan Germaniya kansleri “Normand to‘rtligi” shaklida ijobiy kelishuvlarga erishilgan bo‘lsa-da, ular hayotga tatbiq etilishi hali oldinda ekanligini eslatib o‘tdi.
Izoh (0)