• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarning 50 foiziga suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgani maʼlum qilindi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-avgust kuni suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, 2020—2024-yillarda suv resurslarini boshqarishga 60 trillion so‘m byudjet mablag‘lari hamda 622 million dollar xorijiy investitsiya yo‘naltirilgan. Natijada 2020-yilda suv tejovchi texnologiyalar qo‘llangan maydonlar jami sug‘oriladigan maydonlarga nisbatan 4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich 50 foizga yetgan.

    Taqdimotda suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan dasturi tahlil qilingan. Dasturda suv resurslaridan oqilona foydalanishga ustuvor ahamiyat qaratilgani aytilgan. Shu maqsadda 2 ming 551 kilometr irrigatsiya tarmoqlari rekonstruksiya qilinishi belgilangan. Nasos stansiyalaridagi eski uskunalarni tejamkoriga almashtirish orqali ularning yillik elektr energiyasi isteʼmolini 6,8 milliard kVt/soatdan 6,2 milliard kVt/soatgacha kamaytirish mo‘ljallangan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yerlarning holati ham suv sarfida muhim omil hisoblanadi. Shu bois dasturda suv taʼminoti past bo‘lgan sug‘oriladigan maydonlarni 424 ming gektardan 276 ming gektargacha kamaytirish ko‘zda tutilgan. Turli darajada sho‘rlangan hamda yerosti suvining sathi muammoli bo‘lgan maydonlar ham kamaytiriladi. Natijada foydalanishdan chiqib ketgan 460 ming gektar yer ekishga qaytariladi.

    Yana 1 million 400 ming gektar yerda suv tejovchi, shu jumladan, 293 ming gektarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etiladi. 20 ta yirik inshootlarda nazorat-o‘lchov uskunalari modernizatsiya qilinadi.

    Suv hisobini yuritishda inson omilini kamaytirish ham muhim. Bu borada 12 mingta meliorativ kuzatuv qudug‘ida hamda 1 ming 750 ta nasosda zamonaviy monitoring yo‘lga qo‘yiladi. 12 ta yirik suv xo‘jaligi inshooti raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga o‘tkaziladi.

    Dastur natijasida beton qoplamali kanallar ulushi hozirgi 39 foizdan 47 foizga yetadi. Irrigatsiya tarmoqlarining sifati oshib, yo‘qotishlar kamayadi. Tejamkorlik hisobiga bu yil 10 mlrd kub metr, 2028-yilga borib 14 mlrd kub metr suv iqtisod qilinishi kutilmoqda.

    Davlat rahbari bu takliflarni maʼqullab, O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025—2028-yillarga mo‘ljallangan dasturini tasdiqlagan.

    Taqdimotda sohada samaradorlikni oshirish, raqamlashtirish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish borasidagi ishlar to‘g‘risida ham axborot berilgan.

    Hozirgi kunda viloyatlar, tumanlar va xo‘jaliklar miqyosidagi 18 ming 755 ta gidropostni avtomatlashtirish boshlangan. Keyingi bosqich dalalarga suv taqsimlovchi nuqtalarda rejalashtirilgan.

    Suv xo‘jaligini raqamlashtirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Sohaga daxldor idoralardagi 11 ta dasturni integratsiya qilib, yagona platforma ishlab chiqish, IT-markaz va Vaziyatlar markazi tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgan. Bunda “O‘zbekkosmos” imkoniyatlaridan keng foydalaniladi.

    Majlisda 5 ming 200 ta nasosni elektr va suv hisoblagichlar bilan jihozlash, yirik nasoslarni muqobil energiyaga o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan. Bunda olinadigan maʼlumotlar raqamli platformada jamlanadi, suvning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilib boriladi.

    Bugungi kunda 2 ming 612 ta suv obyekti davlat-xususiy sheriklikka berilgan. Endi yirik nasoslar ham xususiy sektorga taklif qilinadi. Ularning har biri uchun alohida jozibador shartlar ishlab chiqiladi.

    O‘tgan yili tuman irrigatsiya bo‘limlari negizida 159 ta “Suv yetkazib berish xizmatlari” davlat muassasasi tashkil qilingan edi. Ushbu quyi bo‘g‘in faoliyatini yaxshilash maqsadida endi ularga o‘z mablag‘ini mustaqil taqsimlash huquqini berish ko‘zda tutilmoqda.

    Sohada xizmatlarni yaxshilash va samaradorlikni taʼminlash mutaxassislar tajribasiga ham bog‘liq. Shu maqsadda 200 o‘rinli malaka oshirish markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

    12 avgust, 18:52   Izoh (0)   364
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda oylik daromadi ko‘plar inflyatsiyani kuchliroq sezayotgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 22:30

    Koinotda ilk bor Quyosh tizimining egizagi topildi

    Dunyo | 12 avgust, 22:15

    Rossiyaning Ukrainaga bosqini ortidan Yevropa harbiy sanoatida keskin o‘sish kuzatildi

    Dunyo | 12 avgust, 22:05

    Toshkentda maishiy chiqindilarni olib ketishda yangi tizim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 21:50

    Bir kardning o‘zida fojiaviy yakunlangan ikki jang. Boks tarixidagi qora tun haqida

    Boks | 12 avgust, 21:49

    JAR AQSH bojxona to‘lovlari tufayli Osiyoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun yangi bozorlar izlamoqda

    Dunyo | 12 avgust, 21:40

    “Ularga omad tilayman”: Daniel Redkliff “Garri Potter” serialida ishtirok etmaydi

    Kino | 12 avgust, 21:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.