Sotheby’s auksion uyi savdolari davomida 105 tangadan iborat kolleksiya 26 million dollarga sotildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Sotheby’s saytida ma’lum qilinishicha, kimoshdi savdosi ishtirokchilariga 1792—1830-yillarda zarb qilingan pul birliklari taklif qilingan.
Numizmatlarning fikricha, savdoga qo‘yilgan tangalar orasida eng qiziqarlisi 1794-yilga oid bir dollarlik kumush tanga edi — u 5 million dollarga sotilgan.
Izoh (0)